Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimi O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 1 iyuldan joriy etilishi kutilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Bunda ushbu Nizomda “Tax-free” tizimida ishtirok etuvchi chakana savdo tashkilotlari tomonidan beriladigan, olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun asos bo‘luvchi “QQS qaytarilishi uchun chek” maxsus shakldagi chekning shaklini hamda chakana savdo tashkilotlarini “Tax-free” tizimida ishtirok etishini bildiruvchi maxsus emblemalarning namunalarini ko‘zda tutadi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “Tax-free” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga maxsus qaytarish punktlari bilan ishlash sektorini hamda hududiy bo‘linmalari tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 11 ta shtat birliklaridan iborat bo‘lgan maxsus qaytarish punktlarini tashkil qiladi;
2020 yilning 1 iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini o‘tkazish punktlarini orqali kesib o‘tilganidan so‘ng neytral hududlarda joylashtirilishini hamda ularni zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli hisob-kitoblarga asosan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni har oy yakunlari bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarni kamaytirgan holda ajratib boradi.
Belgilanishicha:
“Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hisoblanadi;
“Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda maxsus qaytarish punktlarini zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi