O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi farmonni imzoladi.
Mazkur farmonga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub’ektlar, Uzbekistan Airways AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari, Uzbekistan Airports AJ va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, qayd etilgan sub’ektlari ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘lashi belgilandi.
Bundan tashqari, joriy yil oxiriga qadar, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 milliard so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har oy emas, balki choraklik asosda hisoblash va to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi to‘xtatiladi.
Karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi. Bunda faoliyatni to‘xtatganlik to‘g‘risida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.
O‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi:
— mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha – ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan,
— ijtimoiy soliq bo‘yicha – uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.
Joriy yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qolinadi.
2020 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi bo‘yicha oldindan haq to‘lash to‘g‘risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi