3 276
AQSH va Kanadada "Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz" shiori ostida xayriya aksiyasi boshlandi
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan 8 aprel kuni AQSH va Kanadada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining diasporaviy tashkilotlari rahbarlari va faollari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda ilk bor AQSH va Kanadadagi barcha jamoatlar vakillari, jumladan “Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi”, AQSH va Kanadadagi Buxoro yahudiylari kongressi, “Amerikadagi o‘zbekistonliklar assotsiatsiyasi”, “Atlantadagi o‘zbeklar jamiyati”, “Chikagodagi O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi”, “Vatandosh O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi”, “San-Fransisko ko‘rfazidagi o‘zbeklar jamiyati markazi”, “Pittsburgdagi o‘zbekistonliklar jamiyati”, Sietldagi “O‘zbek Mahallasi” jamiyati, “Katta Filadelfiyadagi o‘zbeklar hamdo‘stligi”, “Mahalla USA” diasporaviy tashkiloti vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat, xususan, koronavirus tarqalishining tendensiyalari, uning mamlakat iqtisodiyotiga va oddiy fuqarolar hayotiga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Hukumat tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar alohida qayd etildi. Fuqarolar, mahalliy tadbirkorlar, xorijiy davlatlar va ishbilarmon sheriklar, xorijdagi vatandoshlar tomonidan xayriya tadbirlarini tashkil etish tartibi va shartlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga, COVID-19 ga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlariga yordam berish, shuningdek tibbiy uskunalar va shaxsiy himoya vositalarini sotib olish, tibbiyot muassasalarini ta’mirlash, qurish, rekonstruksiya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga zarur yordam ko‘rsatishga qaratilgan xayriya mablag‘larini yig‘ish kampaniyasini boshlash masalalari muhokama qilindi.
Onlayn konferensiya davomida elchixona va Bosh konsullik vatandoshlardan O‘zbekiston hukumatining pandemiyaga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va "O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondi maqsadlari uchun mablag‘ to‘plashga yordam berishini so‘radi.
Diplomatik vakolatxona tashabbusi diasporaviy tashkilotlar rahbarlari tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, "Turkiston-Amerika" assotsiatsiyasi rahbari Abdulla Xo‘ja ta’kidlaganidek, "O‘zbekiston xalqi jiddiy sinovlarga duch kelganda Qo‘shma Shtatlardagi o‘zbekistonlik vatandoshlar chetda qolishlari va harakatsiz o‘tirishlari mumkin emas". AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti B. Kandovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatik muassasalari tomonidan ilgari surilgan xayriya tadbiri Amerika qit’asida istiqomat qiluvchi va o‘zining tarixiy Vatani taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir o‘zbekistonlik uchun ushbu virus tarqalishining oldini olish va uning mamlakat iqtisodiyotiga va oddiy fuqarolar hayotiga ta’sirini yumshatish yo‘lida respublika rahbariyati sa’y-harakatlariga munosib hissa qo‘shish, o‘zbek xalqi taqdiriga va ularning kelajagiga daxldor bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir.
Videokonferensiya yakunida diplomatik institutlar va diasporaviy tashkilotlarning vatandoshlarga qo‘shma murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, AQSHda keng ommalashgan "Go Fund Me" maxsus platformasida vatandoshlar va O‘zbekistonning do‘stlaridan mablag‘ yig‘ish uchun xayriya aksiyasi boshlandi. Aksiya "Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz" shiori ostida o‘tkaziladi. To‘plangan mablag‘lar "Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”