
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020 yil 11 apreldagi qaroriga muvofiq, «TBC Bank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
Ma’lum bo‘lishicha: O‘zbekistonda ochilayotgan bank «TBC Bank» (Gruziya)ning sho‘’basi hisoblanadi. «TBC Bank» (Gruziya) 1992 yilda tashkil etilgan. Bir necha yil davomida (2012–2015) bank internet-banking bo‘yicha Markaziy va Sharqiy Yevropaning eng yaxshi banklardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Darvoqe, «TBC Bank» bundan roppa-rosa bir yil avval O‘zbekistondagi eng yirik to‘lov operatorlaridan biri – «Payme» tizimining 51 foiz aksiyalarini sotib olgandi. Shartnoma qiymati 5,5 million dollarni tashkil etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar