O‘zbekistonning bir qator banklari 21 apreldan boshlab 1 AQSH dollarini 10 150 so‘mdan sotib olib, 10 200 so‘mdan sotmoqda.
Xususan, «Kapitalbank» 1 AQSH dollarini 10 180 so‘mdan sotib olib, 10 200 so‘mdan sotayotgan bo‘lsa, «O‘zmilliybank» 10 150 so‘mdan sotib olib, 10 200 dan sotmoqda.
20 aprel kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSH dollari o‘sishda davom etdi, biroq bu safar 17 so‘mga qimmatlashgan. Valyuta birjasida esa 1 AQSH dollari 21 so‘mga arzonlashgan ham.
Eslatib o‘tamiz, 14 aprelda O‘zbekiston banklarida 1 AQSH dollari 9850 so‘mgacha ko‘tarilgan, kun yakunida esa 10 ming so‘mdan oshgandi, 15 aprelda O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi.
Markaziy bank raisi dollar kursi keskin ko‘tarilganiga izoh berib, bozor devalvatsion kutilmalar hisobga olinib, talab va takliflar asosida shakllantirilsa, o‘zi ma’lum muvozanatga kelishini aytgandi. Shuningdek, Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmaganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi