Jahon banki ishtirokida «O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasi amalga oshiriladi. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Jahon banki tomonidan «O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan jami 95,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag‘larini ajratish ma’qullangan.
Ta’kidlanishicha, loyiha O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga loyiha doirasidagi mablag‘lar hisobidan ishsizlik bo‘yicha bir martalik nafaqalarni manzilli ajratilishini ta’minlash vazifasi yuklatilmoqda.
Qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy oyning 22 sanasiga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi