17:38 / 01.06.2020
2 461

AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish kutilmoqda

AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish kutilmoqda
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va «Ishchi guruh» a’zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurib, zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashdi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Mahsulotlarni ichki va eksport bozorlarida sotish, xom ashyo bazasini aniqlash va ta’minlash, loyihaning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari, neft narxidagi o‘zgarishlarning turli variantlari bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasini qaytarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek to‘liq Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.

Boshqaruv raisi va «Ishchi guruh» a’zolari tashrif davomida zavodning asosiy ishlab chiqarish ob’ektlarini ko‘zdan kechirishdi va rejalashtirilayotgan yangi texnologik qurilmalarning qurilishi joyi bilan tanishdi.

Tashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish kutilmoqda