5 262
O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 1 mart holatiga ko‘ra, 72 524 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Mamlakatda qattiq karantin choralari joriy etilishni boshlagach ularning 16 670 tasi (qariyb 23 foizi) vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan, deb xabar beradi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.
Faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan korxonalarning 20,3 foizi tekstil sohasiga tegishli, qurilish materillarini ishlab chiqarish sohasida ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etilgan, oziq-ovqat mahsulotlari — 18,6 foiz, charm, yog‘och va mebel — 10,5 foiz, metallurgiya — 6 foiz, mashinasozlik — 2,6 foiz, elektrotexnika — 1,4 foiz, yoqilg‘i-energetika sohasi — 0,5 foiz va boshqa sohalar 19,8 foizni tashkil etgan.
Mazkur korxonalar faoliyati quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan: 4754 tasi (28,5 foizi) xodimlarga nisbatan karantin talablari sabab, 3722 tasi (22,3 foizi) transport harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar natijasida, 2342 tasi (14 foizi) mahsulotga bo‘lgan talabning tushib ketishi oqibatida, 1400 tasi (8,4 foiz) xom ashyo yetkazib berishdagi uzilishlar, 84 tasi (0,5 foiz) O‘zbekistonga kela olmagan xorijlik mutaxassislar va 4368 tasi (26,2 foizi) boshqa sabablarga ko‘ra yopilgan.
Foto: Skrinshot
Hududlar kesimida faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarning eng ko‘pi Toshkent (4455), Namangan viloyati (2847), Toshkent viloyati (2283) va Andijon viloyati (2048) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu boradagi eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan — 37.
1 iyul holatiga ko‘ra, 16 657 ta korxona, ya’ni ularning qariyb 100 foizi to‘liq qayta ochilishga muvaffaq bo‘lgan va 137,5 ming xodim o‘z ishiga qaytgan.
Aprel oyida ushbu 16 657 ta korxona umumiy qiymati 893 milliard so‘mga teng mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 1,4 trillion so‘mni, iyunda esa 1,8 trillion so‘mni tashkil etgan.
Avvalroq Toshkentda aprel oyi boshidan iyun o‘rtalariga qadar 66 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘koni, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi