09:13 / 05.08.2020
3 155

Oltin narxi ilk bor 2 ming dollardan oshdi

Oltin narxi ilk bor 2 ming dollardan oshdi
Oltin narxi 4 avgustdagi savdolar vaqtida unsiyasi uchun 2 ming dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi.
Oktabrda yetkazib beriladigan oltin narxi savdolar vaqtida unsiyasi uchun 2002 dollarga yetgan va avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 1,4 foizga oshgan. Shuningdek, dekabrda yetkazib beriladigan oltin ham 1,4 foizga qimmatlab, narxi 2013,5 dollargacha ko‘tarilgan.

Umuman olganda, qimmatbaho metall yil boshidan beri 25 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan. Mutaxassislar buni koronavirus pandemiyasi ortidagi mavhumlik bilan bog‘lashmoqda. Oltin inflyatsiyadan va valyutalarning qadrsizlanishidan himoyalovchi aktiv sifatida baholanmoqda.

Boshqa qimmatbaho metallar – kumush, platina va palladiyga ham talab oshgan.

Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi 12 oy ichida 2300 dollarga ko‘tarilishini prognoz qilishmoqda. Bunga AQSHda foiz stavkalari pasayotgani va oltinga talab oshishi turtki bermoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oltin narxi ilk bor 2 ming dollardan oshdi