07:00 / 09.11.2020
2 136

2020 yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan

2020 yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan
O‘zbekistonda budjet prognozini bajarish uchun soliq inspeksiyalari tomonidan birgina 2020 yilning o‘zida 18 mingga yaqin tadbirkordan 823 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ortiqcha to‘lovlarga asosan Toshkent shahri, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida yo‘l qo‘yilgan.

2019 yil 30 dekabrdagi Prezident qarorida ortiqcha undirilgan soliq summasi qayta moliyalashtirish stavkasi barobarida foiz to‘lagan holda qaytarilishi belgilangan bo‘lsa-da, 3 456 ta tadbirkorlik sub’ektiga 2,2 milliard so‘mlik penyalar to‘lab berilmagan. Pandemiya munosabati bilan berilgan imtiyozlar ham to‘liq qo‘llanilmasdan, hozirgacha 2 747 ta sub’ektga qo‘yilgan 5,5 milliard so‘mlik inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinmagan. Bu asosan Farg‘ona, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 30 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining ‘2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan o‘rnatiladigan tartib bo‘yicha ortiqcha undirilgan soliq summalarni Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan stavkada foizlar to‘lagan holda qaytarishi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi:
  • respublika budjetiga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — respublika budjeti hisobidan;
  • Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman va shaharlar budjetlariga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — tegishli mahalliy budjetlar hisobidan;
  • budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlangan soliqlar bo‘yicha — tegishli budjetlar hisobidan ularga ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2020 yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan