date
views 2 686

Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
Foto: customs.uz
Hukumatning tegishli qarori bilan bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi bojxona yig‘imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:
  • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
  • ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
  • tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
  • bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi