19:43 / 26.12.2020
3 314

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston budjetini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston budjetini tasdiqladi
Davlat 2021 yilga budjet qonunini imzoladi. Unda budjet daromadi, xarajatlari va budjetni qisqartirish tartibi ko‘rsatilgan.
2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlangan.

Qonun bilan 2021 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti prognozlari hamda 2022–2023 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilandi.

2021 yil uchun quyidagi ayrim to‘lov stavkalari tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- avtotransport yig‘imlarining stavkalari.

Qonunda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan holda, respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish hukumat taklifiga ko‘ra, parlament tomonidan amalga oshiriladi.

Respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi xarajatlarni kamaytirish Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra hukumat tomonidan amalga oshiriladi.

2021 yil uchun O‘zbekiston budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 5,4 foizi miqdorida belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178 trillion 712 milliard so‘mni tashkil etib, 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 208 trillionga yetishi rejalashtirilgan. Xususan, davlat budjeti daromadlari 2021 yilda 147 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari esa 216 trillion so‘mdan oshib, jumladan, davlat budjeti xarajatlari 149 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu Qonun 2021 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston budjetini tasdiqladi