22:43 / 12.03.2021
2 737

O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklandi

O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklandi
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich tiklanib bormoqda.

2021 yil yanvar—fevral oylarida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 18,8 trillion so‘mni tashkil etdi (2020 yilning shu davrida 18,7 trillion so‘m bo‘lgan). Xorijiy valyuta xaridi 1,72 milliard dollarni tashkil etib, qariyb karantindan oldingi davr ko‘rsatkichi (1,77 milliard dollar)ga teng bo‘ldi.

Fevral oyida tovar-xom ashyo birjasidagi umumiy aylanma yanvar oyiga nisbatan 26,5 foizga va 2020 yilning mos oyiga nisbatan 1,6 barobarga ko‘paydi. Banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy soni ham fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 19,6 foizga oshdi.

Tashqi talabning tiklanib borishi sharoitida yanvar—fevral oylarida eksport tushumlari (oltinni hisobga olmaganda) 2020 yilning mos davriga nisbatan 8 foizga o‘sib, 1,4 milliar dollarga yetdi. Bunda, fevral oyida ekportdan tushumlar 743 million dollarni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 13 foizga o‘sdi.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha tushumlar yanvar—fevral oylarida 892 million dollarni tashkil etdi — bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.

Qayd etilishicha, ushbu omillar ichki valyuta bozorida taklifni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi va natijada milliy valyuta almashuv kursi nisbatan barqaror shakllanib, 2021 yil 1 mart holatiga devalvatsiya darajasi yil boshiga nisbatan 0,6 foizni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklandi