
"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"ga 33 222,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 815,5 tonnasi, ya’ni 35,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 28 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 273,6 ming so‘mdan 6 283,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,2% ga ko‘tarildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 301,6 ming so‘mni, AI-91 – 7 440,5 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar