Foto: Shutterstock
6 aprel kuni O‘zbekiston budjetining daromad va tushumlari 299 milliard 500 million so‘mni, xarajatlari 701 milliard 800 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.
Shundan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan elektron davlat xaridlariga 5 milliard 187 million 600 ming so‘m sarflangan. Xususan, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot va transport vositalari, texnik asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar xarid qilingan.
Vazirlik bundan bir yil avval - 2020 yilning 6 aprelidagi budjet daromad va xarajatlarini ham ochiqlagan edi. Jumladan, davlat daromad va tushumlari 1 trillion 116 milliard 800 million so‘mni, xarajatlari esa 986 milliard 200 million so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni budjet daromadlari 402,9 milliard so‘m bo‘lgan. Xarajatlar nisbatan yuqori – 1 trillion 410 million 900 ming so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, budjet daromadlari soliqlar, bojxona tushumlari, solikdan tashqari yig‘imlar, davlat kreditlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag‘lardan shakllanadi.
Moliya vazirligi prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda respublika konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178,7 trillion so‘mni, xarajatlari 216,2 trillion so‘mni tashkil etadi. Budjet taqchilligi esa 37,5 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi