13:43 / 23.04.2021
2 796

DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi


Davlat soliq qo‘mitasi hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish axborot tizimidagi o‘zgarishlar haqida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 23 apreldan boshlab soliq bazasini tuzatish uchun asos bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda, soliq to‘lovchilar qo‘shimcha yoki tuzatilgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishi mumkin.

Soliq solinadigan bazani kamaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritish, oxirgi 12 oy davomida rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura ko‘rsatkichlariga tuzatish kirituvchi manfiy ko‘rsatkichlar bilan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-fakturani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilarga 2021 yil 29 aprel soat 00:01dan 30 aprel soat 23:59gacha oxirgi 12 oy davomida u yoki bu sababga ko‘ra o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.

Bunda soliq to‘lovchilarning zimmasiga soliq bazasi va hisobga olingan QQS summasiga tuzatishlar kiritilgani hisobiga avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish majburiyati yuklatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi