2 542
«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalari top-10 ligidan joy oldi
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekistonda 2020 yilni eng ko‘p zarar bilan yakunlagan davlat korxonalari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi ro‘yxatning 9-pog‘onasidan o‘rin egalladi. Klub 2020 yilni 82,7 milliard so‘m zarar bilan yopgan.
«Paxtakor» 2020 yilda O‘zbekiston Superligasi, mamlakat Kubogi va Liga Kubogida g‘alaba qozondi. Jamoa Osiyo Chempionlar Ligasida 1/8 finalga qadar yetib bordi. 2020 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze va bir qator taniqli futbolchilar klubni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor»ning 80 foiz ulushi 2017 yilda SFI Management Group MCHJga berilgandi. Kompaniya besh yil ichida klubga kamida 200 milliard so‘m sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
2021 yilning fevral oyida «O‘zmetkombinat», Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va «O‘zikkilamchiranglimetall» korxonalari SFI Management Group ishonchli boshqaruvidan chiqarilgani xabar qilingandi. Biroq «Paxtakor» hozirda ham kompaniyaning loyihalari qatorida turibdi.
SFI Management Group kimga tegishli?
2018 yil avgustida kompaniya O‘zbekistondagi loyihalarga Alisher Usmonov homiyligida jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik tadbirkor SFI'ning egasi Fattoh Shodiev ekanligini rad etgan, ammo uning akasi va do‘stining oilasiga tegishli ekanligini bildirgan.
Hozirda kompaniya saytida O‘zbekistondagi faqat ikkita loyiha — «Paxtakor» FK va «Toshkent metallurgiya zavodi» ko‘rsatilgan. Avvalroq ro‘yxatda Euroasia Insurance, «O‘rtachirchiqparranda» va «O‘zkimyofarm» ham bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, SFI Management Group MCHJ xorijiy korxonasi korxonalarni bozor munosabatlariga moslashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, xorijiy mutaxassislar va investitsiyalarni jalb qilishda faol ishtirok etish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi