14:05 / 17.02.2015
7 689

2014 yilda PepsiCo kompaniyasining Rossiyadagi daromadi kamayib ketdi

2014 yilda PepsiCo kompaniyasining Rossiyadagi daromadi kamayib ketdi

Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lgan AQShning PepsiCo Inc kompaniyasi Rossiya bozorida o‘z tushumining kamayib ketgani haqida xabar berdi. PepsiCo’ning 2014 yilda Rossiyadagi tushumi 2013 yildagiga nisbatan 10 foizga kamayib ketdi hamda 4,414 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu PepsiCo’ning Rossiyada daromadlari ilk marta kamayib ketishi hisoblanadi. Bu haqda kompaniya bergan hisobotda ma’lum qilindi.

Kompaniyaning 2014 yildagi Rossiyadagi uzoq muddatli aktivlari 2013 yildagiga nisbatan 43 foizga kamayib ketdi hamda 4,52 mlrd dollarni tashkil qildi. Kompaniya buni Rossiya valyutasining qadrsizlanishi bilan tushuntirmoqda.

PepsiCo’ning 2014 yil bo‘yicha umumiy tushumi 0,4 foizga o‘sdi va 66,683 mlrd dollarni tashkil qildi. Rossiya bozoriga kompaniya umumiy foydasining 7 foizi to‘g‘ri keladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2014 yilda PepsiCo kompaniyasining Rossiyadagi daromadi kamayib ketdi