19:05 / 20.08.2021
1 689

Prezident 20 avgustni har yili nishonlashni taklif etdi

Prezident 20 avgustni har yili nishonlashni taklif etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot do‘stona va samimiy ruhda yakuniga yetdi.

Men bundan juda ham mamnun bo‘ldim. Bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvlarni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir an’anaga aylantirsak, Sizlarga ma’qulmi?
Shu munosabat bilan bugungi sanani, ya’ni 20 avgustni mamlakatimizda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar
, — deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

Olti soatdan oshiq davom etgan ochiq muloqot so‘nggida Shavkat Mirziyoyev barcha tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.
«Sizlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida ko‘rib turganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, Sizlarga, ota-onalaringizga, bobo-buvilaringizga, ustozlaringizga to‘g‘ri tarbiya berganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman», — dedi Prezident.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident 20 avgustni har yili nishonlashni taklif etdi
[/banner_pushhouse