07:30 / 25.08.2021
2 410

Shavkat Mirziyoyev: «Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi shart»

Shavkat Mirziyoyev: «Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi shart»
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari hozirgi murakkab pandemiya davrida va undan keyingi og‘ir sharoitda tadbirkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish zarurligini qayd etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda joylarda tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘plab tizimli muammolarni muhokama qilib oldik. Kuni kecha 60 ga yaqin tashabbus va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlab berdim. Har kuni kamida 2 tadan qarorlarga imzo qo‘yib beryapman.

Yirik loyihalarni infratuzilmaga ulash, turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar berish, qo‘shilgan qiymat solig‘i tizimini soddalashtirish, induksion pechlar bo‘yicha taqiqlarni bekor qilish kabi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Ushbu berilgan imtiyoz va yengilliklar hozirgi murakkab pandemiya davrida va undan keyingi og‘ir sharoitda biz uchun iqtisodiyotning drayveri hisoblangan tadbirkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi zarur.

Shu bois viloyat, tuman hokimlari va sektor rahbarlari ham xuddi shu ‘tempda’ ishlashi, o‘z faoliyatini yangicha ish tizimi asosida yo‘lga qo‘yib, har kuni tadbirkorlar bilan uchrashib, qarorlar ijrosini ta’minlashi, amaliy muammolarini hal qilib borishi kerak. Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi, amalda bajarilishi, ular o‘z faoliyatida buning natijasini, albatta, his etishlari shart.

Umuman, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ochiq muloqot orqali tadbirkorlarga berilgan ishonchni oqlashi uchun uch kun muddatda o‘zining haftalik ish rejasini ishlab chiqib, mahalliy kengashlarda tasdiqlatishi zarur
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev: «Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi shart»