Hukumat qarori (618-son, 04.10.2021 y.) bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
- eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan;
- mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan;
- mahsulotlar O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan (Afg‘onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
- mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno);
- eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Quyidagilar kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi:
- hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
- hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish;
- joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida.
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi