1 454
O‘zbekiston va Janubiy Koreya erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 25 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ¬– investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ekspertlari tomonidan hozirgi vaqtda o‘rganilayotgan o‘zaro manfaatli yangi investitsiyaviy loyihalar shakllantirilgani ma’lum qilindi.
Koreya Eksimbanki, Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar ijrosini yanada jadallashtirishga doir navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi. O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni suveren kafolatlarni taqdim etmasdan amalga oshirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish hamda hujjatni yaqin vaqtda imzolashga tayyorlash bo‘yicha harakatlarni faollashtirish niyatida ekanliklarini bildirgan.
Joriy yil oxirigacha Seul shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlarining kengashi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasi yig‘ilishlari, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralarini jalb etgan holda, muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni faollashtirishga oid kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»