«Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5274-son, 02.11.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’ektlariga (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.
Bunda:
- soliqlarni to‘lashni kechiktirish mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 oy muddat ichida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilgan va uning to‘lanishini ta’minlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;
- soliqlarni to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida to‘lab beriladi. Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi;
- yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq to‘lovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to‘liq miqdorda undiriladi;
- soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...