O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi tushishni boshladi, deya xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi hamda tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzinini birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil qilish maqsadida, quyidagi amaliy choralar ko‘rilgan:
- birinchidan, neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021 yil 17 noyabrdan boshlab birja savdolariga qo‘yiladigan kunlik umumiy avtomobil benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qo‘yilishi ta’minlandi;
- ikkinchidan, birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo‘yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
- uchinchidan, birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzinini kunlik qo‘yiladigan hajmlari oshirildi.
Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida, 2021 yilning 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni birja savdolariga qo‘yilgan Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming so‘mga tushib, 8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).
«Yuqoridagi ko‘rsatilgan chora-tadbirlar bu vaqt talab qiladigan masala va tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qolishi mumkin», —deyiladi qo‘mita xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)