O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 14 dekabr, seshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 800—10 820 so‘mga sotib olishni, 10 880 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord bir kun oldin — 13 dekabr kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSH dollarining kursi 10 860 so‘mga chiqqan.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
«Savdogar bank»: sotib olish — 10 800 so‘m, sotish — 10 880 so‘m;
«Aloqa bank»: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 870 so‘m;
«Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 800 so‘m, sotish — 10 870 so‘m;
«Kapital bank»: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 880 so‘m;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 860 so‘m.
Dollar kursi noyabr o‘rtalaridan boshlab keskin o‘sishni boshlagan. 29 noyabr kuni 10 830 so‘mga qadar, 30 noyabr kuni 10 840 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Markaziy bank 14 dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 826,29 so‘mni tashkil qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi