Vazirlar Mahkamasining “Epidemiyalarga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga asosan tashkil etilayotgan jamg‘armaning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifa va maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantirilishi bo‘yicha alohida band ko‘zda tutilgan.
Epidemiyalarga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratilgan budjet mablag‘larini sarflash tartibi ikkita yo‘nalish bo‘yicha, shu jumladan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarni rag‘batlantirish miqdorlari belgilangan. Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarflash maqsadida, jamg‘arma mablag‘lari kengash orqali boshqarilishi belgilab qo‘yildi.
Vazirlar Mahkamasining “Epidemiyalarga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish va mazkur jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi qabul qilinishi bilan “Epidemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar uchun budjet assignatsiyalarini sarflash va epidemiyalarga qarshi kurashga yuborilgan tibbiyot va boshqa xodimlarning xizmat safarini to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ni bekor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish reglamentiga asosan belgilangan tartibda taklif kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi