1 961
Uzbekistan GTL «gazni - suyuqlikka» texnologiyasi asosida qurilgan jahondagi 5-zavod bo‘ladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida barpo etilgan Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, yangi korxona GTL, ya’ni "gazni - suyuqlikka" texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 mln tonna tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yonilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Bunday zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan.
Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollar yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolari ishlab chiqariladi.
UzGTL sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish loyihasi yaratilishida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQSH) va Honeywell kabi yetakchi kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlaridan foydalanildi.
UzGTL sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish majmuasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi, undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yonilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yonilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yonilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojini qoplash uchun yetkazib beriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bo‘lgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
2021 yil yanvarda xom suvni qayta ishlash qurilmalari — mineralsiz suv ishlab chiqarish hamda yong‘in o‘chiruv suv tizimi qismi ishga tushdi. Fevral oyida «Mash’ala» tizimi va bug‘ qozonlari foydalanishga topshirildi. Mart oyidan zavodga yonilg‘i gazi qabul qilish boshlandi. Shuningdek, aprel oyida suvni sovitish qurilmasi (gradirnya) ishga tushirildi.
Zavod to‘liq ishga tushsa, yiliga 3,6 mlrd kub metr gaz qayta ishlanib, undan 1,5 mln tonna sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, 307,3 ming tonna aviakerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi reja qilingan.
Zavod tabiiy gaz (tozalangan metan)ni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mahsulot «Sho‘rtangaz» konlari guruhidan qazib chiqarilib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidan yetkazib beriladi. Zavod mahsulotlaridan transport, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya hamda neft va kimyo sanoatida foydalanish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi