Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi nima sababdan chetga tuxum sotish uchun cheklovlar joriy qilinganligiga izoh berdi.
«2021 yilning sentyabr-dekabr oylarida respublika bo‘yicha tuxum narxi 19,6 foizga, ayrim hududlarda esa 20-22 foizgacha qimmatlashdi. Yilning qish mavsumida ushbu mahsulot narxiga qo‘shimcha bosim yuzaga kela boshlaydi.
Tuxum narxining oshishiga qish oylarida isitish xarajatlari oshishi va parrandachilik xo‘jaliklarida kasalliklarning avj olishi, tuxum berishga moslashgan tovuqlarning mavsumiy yangilanishi, ozuqa mahsulotlarining qimmatlashishi hamda kuz mavsumidan boshlab ushbu mahsulotga talabning ortib borishi (boshqa oylarga nisbatan 20-30 foizga oshadi) ta’sir ko‘rsatdi.
Bundan tashqari parrandachilik xo‘jaliklarida ozuqa bazasining yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar sababli ko‘plab xo‘jaliklardagi parrandalar soni umumiy hisobda 1 milliondan ortiq miqdorga kamaygan.
Global pandemiya davom etayotganligi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining aholi xarid qobiliyatiga ta’siri yuqoriligi, shuningdek, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash muhimligini inobatga olgan holda tuxum eksportiga nisbatan kiritilgan cheklov vaqtinchalik chora hisoblanadi», deyiladi vazirlik bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar