10:06 / 10.02.2022
1 311

O‘zbekiston iqtisodiyoti bugun qayerda? Chet mutaxassisining fikri

O‘zbekiston iqtisodiyoti bugun qayerda? Chet mutaxassisining fikri
Jahon bankining amaliyot menejeri Ivailo Izvorski Brookings nashrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qildi.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bundan 30 yil avval mustaqil davlat bo‘lganidan keyin boshlangan. Ammo bu vaqtning ko‘p qismida iqtisodiy modernizatsiya sayoz sur’atlarda davom etdi. 2016 yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr boshlandi. 2019 yilda The Economist jurnali O‘zbekistonni rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bo‘yicha yil mamlakati deb e’lon qildi.

2016 yil oxirida yangi saylangan Prezident Mirziyoyev iqtisodiy o‘sishni jonlantirish uchun ulkan iqtisodiy modernizatsiya dasturini boshladi. Shundan so‘ng 2018 yilning noyabr oyida hukumatning 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan islohotlar «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi.

«Yo‘l xaritasi» beshta asosiy ustunni o‘z ichiga oladi:
- makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash;
- bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish;
- ijtimoiy himoya va fuqarolarga xizmatlarni kuchaytirish;
- hukumat rolini bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirish;
- ekologik barqarorlikni saqlash.

O‘zbekiston bugun rejalarini qanday amalga oshirmoqda?
Rivojlanishning ketma-ketligi Sharqiy Yevropa va Sharqiy Osiyodagi dastlabki islohotlarga o‘xshaydi. Hukumat narxlarni, tashqi savdoni liberallashtirish va valyuta kursini unifikatsiya qilish bilan qat’iy yo‘l tutdi. Davlat moliyasi tuzilmasini qayta tashkil etish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Hukumatning iqtisodiyotdagi rolini qayta ko‘rib chiqish ham uzoq muddat talab qildi.

Davlat xarajatlari ustuvor yo‘nalishlarga nisbatan ko‘paytirildi. Ijtimoiy soha — ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat yordami xarajatlarini sezilarli darajada oshirish orqali o‘zgardi. Soliq siyosatini to‘liq qayta ko‘rib chiqish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq tizimi soddalashtirildi.

Budjet va qarzlarning shaffofligi sezilarli darajada yaxshilandi. Moliyaviy siyosat va davlat moliyasi tuzilmasidagi o‘zgarishlar iqtisodiy modelni kengayishi uchun zamin yaratdi.

Korxonani qayta qurish, xususiylashtirish va yangi xususiy firmalar uchun investitsiya tizimini qo‘llab-quvvatlash jarayoni ancha sekinroq amalga oshirildi. Xususiy korxonalar paydo bo‘la boshladi, biroq xususiy tadbirkorlik hamon cheklanganligicha qolmoqda.

Mamlakatga firmalarning kirib kelishi mintaqaviy taqqoslashda biroz sust bo‘lib qolmoqda. Yangi firmalar o‘sish uchun jiddiy kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Moliya sektorini qayta qurish va banklarni xususiylashtirish jarayoni ham sust kechdi. Korporativ boshqaruvning zaifligi, kreditlashning uzoq davom etayotgani hal etilishi kerak bo‘lgan asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari bank nazoratchisi duch keladigan kamchiliklar ham isloh qilinishi kerak.

Jahon bankining inson kapitali indeksiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda tug‘ilgan bola ulg‘aygach, to‘liq ta’lim va sog‘liqqa ega bo‘lsa, unumdorligi atigi 62 foiz bo‘ladi.

O‘zbekiston qulay demografik tuzilmaga ega: o‘rtacha yosh 28 yosh, aholining uchdan ikki qismi esa 15 yoshdan 64 yoshgacha. Ammo yosh avlodning ta’lim va sog‘lig‘iga sarmoya kiritmasdan turib, barqaror iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish qiyin bo‘ladi.

Tashvishlanarlisi shundaki, O‘zbekistonda o‘zgarishlar chuqurlik va puxtalik bilan amalga oshirilishidan ko‘ra, ularning tezligi va kengligiga ko‘proq e’tibor berilmoqda. Oqibatda O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ayni paytda davlat korxonalari va tijorat banklarini xususiylashtirish qizg‘in pallaga kirgan.

O‘zbekistonning sa’y-harakatlari kutilgan natijalarni berdi. Ajablanarlisi, islohotlar jadalligi koronavirus davrida ham sekinlashmadi. O‘zgarishlarning navbatdagi bosqichi mehnat, kapital, yer va resurslar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston iqtisodiyoti bugun qayerda? Chet mutaxassisining fikri