
Foto: RЕ/MAX
Amerikaning RЕ/MAX xalqaro ko‘chmas mulk sohasidagi kompaniyasi O‘zbekistonda franshiza orqali o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kompaniya O‘zbekistondagi master-franshiza huquqlarini mahalliy tadbirkor Safa Karadumanga sotganini ma’lum qildi.
- O‘zbekiston mehnatga layoqatli aholi jadal o‘sib borayotgan ochiq iqtisodiyotga aylanmoqda. Ko‘chmas mulk sanoati RЕ/MAX kabi brendning kelishidan salmoqli foyda ko‘radi, — deydi Karaduman.
Franshiza ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish, uni baholash, investitsiya bo‘yicha maslahatlar, mulkni boshqarish va boshqalarni o‘z ichiga olgan bir nechta xizmatlarni taqdim etish huquqini beradi.
RЕ/MAX ko‘chmas mulk bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1973 yilda tashkil etilgan kompaniya hozirda 110 ta mamlakatda 140 000 dan ortiq agentlari va 9 000 ta ofisiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar