945
Noqonuniy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar haqida ma’lumot berganlar mukofotlanadi
O‘zbekiston fuqarolari 1 fevraldan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi arizasi orqali xaridlardan 1 foiz miqdorida keshbek olishning yangi imkoniyatini faol o‘zlashtira boshladilar. Buni berilgan cheklar soni va jamlangan naqd pul miqdori yaqqol tasdiqlaydi — birinchi hisobot natijalariga ko‘ra, soliq qo‘mitasi dastlabki 86,7 ming xaridorga 15,1 milliard so‘m naqd pul to‘laganini ma’lum qildi.
Endilikda tamaki va alkogolli mahsulotlar borasida ham yana bir qulay taklif berilmoqda. Iste’molchilar vijdonsiz sotuvchilarga qarshi kurashda shaxsan ishtirok etishlari va buning uchun sezilarli mukofot olishlari mumkin — tegishli yorliqsiz tovarlar haqida ma’lumot uchun jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot beriladi.
O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 4 oktabrdagi PQ-5252-sonli «Chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, soxta markali (aksiz markalari) yoki umuman aksiz markasiz tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar savdosi amalga oshirilgan taqdirda, iste’molchilar sotuvchi ustidan soliq organlariga shikoyat qilish imkoniyatiga ega. Huquqbuzar sotuvchiga jarima solinadi va qonun buzilishi haqida xabar bergan hushyor xaridorlarga jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida beriladi.
Shunday qilib, o‘zbekistonliklar ikki hissa manfaatli bo‘ladilar. Birinchidan, kelib chiqishi shubhali mahsulotlarga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shadilar va buning uchun pul ko‘rinishida bonus oladilar.
Iste’molchilar «Asl belgisi» maxsus mobil ilovasi orqali tovarlarning haqiqiyligini tekshirishlari mumkin.
Noqonuniy mahsulotlarga qarshi kurash
O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda «Regapen», «Tropikamid» va boshqa psixotrop preparatlar qatorida O‘zbekistonga noqonuniy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar olib kirish holatlari ko‘paygan.
Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan xabar qilinishicha, 2022 yilning dastlabki ikki oyi davomida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq 30 ga yaqin bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan. Shunday qilib, qo‘mita xodimlari bozor va iste’molchilarni qiymati 1,2 milliard so‘mlik salkam 18,6 million dona qalbaki sigaretlardan saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 1 yanvaridan tamaki va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun markalash majburiy bo‘ldi. Ushbu amaliyot O‘zbekistonda import qilinadigan va ishlab chiqariladigan barcha tovarlar uchun shart qilib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi