Markaziy bank 9 martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan qiymati 19,21 so‘mga pastlab 79,89 so‘m bo‘ldi. Shu tariqa rubl 2017 yilgi valyuta liberallashuvidan keyin o‘zining tarixiy eng past darajasiga tushdi.
AQSH dollarining rasmiy kursi -13,16 so‘mga tushib, 10 897,27 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham pasaydi (-186,67) va 11 831,17 so‘m bo‘ldi.
28 fevral, dushanba kuni rublning qiymati 130,6 so‘m edi. 1 mart kuni esa 21,46 so‘mga keskin pastlab, 108,6 so‘mga tushgan edi. Chorshanba kuni rubl 6,51 so‘mga ko‘tarilib, 115,11 so‘m bo‘lgan edi.
O‘tgan haftada rublning so‘mga nisbatan qiymati tushishda davom etdi. Payshanba va juma kuni uning qiymati mos ravishda 15,38 so‘m va 6,69 so‘mga pasayib, 93,04 so‘mgacha tushib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi