
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 16 mart, chorshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 11 280 so‘mdan sotib olishni, 11 380 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- «Davrbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
- «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
- «Hamkorbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
- «Turonbank»: sotib olish — 11 275 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
- «Tengebank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
- Asia Alliance Bank: sotib olish — 11 320 so‘m, sotish — 11 385 so‘m;
- "Kapitalbank" sotib olish — 11 310 so‘m, sotish — 11 380 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3 martdan buyon ko‘tarilib kelayotgandi. 11 mart kuni esa dollar kursi birinchi bor 11 010 so‘mgacha ko‘tarildi. Markaziy bank ham xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagan — 11 150,12 so‘m. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin deyilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar