
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 17 mart, payshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 11 520 so‘mdan sotib olishni, 11 630 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
NBU: sotib olish — 11 550 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
«Hamkorbank»: sotib olish — 11 570 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
«Davrbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 630so‘m;
«Turonbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
«Tengebank»: sotib olish — 11 520 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
«Kapitalbank»: sotib olish — 11 560 so‘m, sotish — 11 620 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3 martdan buyon ko‘tarilib kelayotgandi. 11 mart kuni esa dollar kursi birinchi bor 11 010 so‘mgacha ko‘tarildi. Markaziy bank ham xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagan — 11 330,38 so‘m. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin deyilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar