1 843
O‘zbekiston Aqtau dengiz savdo porti orqali yuk jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Foto: East-Fruit
Qozog‘istondagi Aqtau dengiz porti rahbariyati yuklarni tashish borasida O‘zbekiston kompaniyalaridan buyurtma olishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Mazkur kelishuvga O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli va «Aqtau dengiz savdo porti» boshqaruv raisi Abay Turikpenbayev bilan uchrashuv davomida erishilgan.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar Aqtau porti orqali O‘zbekiston mahsulotlarini yaqin va uzoq xorij davlatlariga yetkazish masalasini muhokama qilgan.
Aqtau dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida, bir nechta xalqaro transport koridorlari kesishgan nuqtada joylashgan. Bu Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga 12 oy davomida quruq yuk, neft mahsulotlarini sharqdan g‘arbga, shimoldan janubga va ortga tashish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi