date 15:10 / 13.04.2022
views 1 195

Oʻzbekiston tijorat banklarida dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Oʻzbekiston tijorat banklarida dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Oʻzbekistondagi bir nechta tijorat banklari 13 mart, chorshanba kuni dollar valyutasining soʻmga nisbatan kursini yana tushirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 260 soʻmdan sotib olishni, 11 320 soʻmga sotishni taklif qilmoqda. Tijorat banklarida 17 mart kuni dollar kursi 11 630 soʻmgacha koʻtarilgandi, 18 mart kuni esa 11 560 soʻmgacha pasaygan. Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13 apreldan amalda boʻladigan qiymatini belgilagan. Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 14,38 soʻmga pastlab, 11 315 soʻmni tashkil qilmoqda.

Quyida dollarning yangi qiymatini e'lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

NBU: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 350 soʻm;
«Hamkorbank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 330 soʻm;
«Davrbank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 320 soʻm;
«Turonbank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 320 soʻm;
«Tengebank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 330 soʻm;
«Kapitalbank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 310 soʻm;
«Ipotekabank»: sotib olish — 11 260 soʻm, sotish — 11 295 soʻm.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot