O‘zbekistondan Ukrainaga tovarlar eksporti butunlay to‘xtadi

Foto: Bloomberg
Mart oyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 26 million dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Mazkur miqdor butunlay importga to‘g‘ri keldi — mart oyida O‘zbekiston Ukrainaga hech narsa eksport qilmagan.
Import hali ham bor bo‘lsa-da, uning hajmi deyarli ikki baravarga kamaydi. Bularning barchasini Rossiyaning Ukrainaga fevral oyining oxiridan beri davom etayotgan hujumi bilan izohlasa bo‘ladi.
Urush boshlangunga qadar Ukraina O‘zbekistondan, asosan, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, azotli va kaliyli o‘g‘itlar, etilen polimerlari, rux xom ashyosi va avtomobil xarid qilgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mart oyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 26 million dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Mazkur miqdor butunlay importga to‘g‘ri keldi — mart oyida O‘zbekiston Ukrainaga hech narsa eksport qilmagan.
Import hali ham bor bo‘lsa-da, uning hajmi deyarli ikki baravarga kamaydi. Bularning barchasini Rossiyaning Ukrainaga fevral oyining oxiridan beri davom etayotgan hujumi bilan izohlasa bo‘ladi.
Urush boshlangunga qadar Ukraina O‘zbekistondan, asosan, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, azotli va kaliyli o‘g‘itlar, etilen polimerlari, rux xom ashyosi va avtomobil xarid qilgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

























Izohlar 0
…