23:27 / 22.04.2022
1 749

Kredit bo‘yicha foiz stavkalari nega pasaygani ma’lum bo‘ldi

Kredit bo‘yicha foiz stavkalari nega pasaygani ma’lum bo‘ldi
Markaziy bank kredit bo‘yicha foiz stavkalari nimalar bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi.

Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari quyidagicha shakllanadi:
- foiz stavkalar omonatlari bo‘yicha shakllangan foizlar;
- banklar tomonidan mijozga nisbatan o‘rnatiladigan risk uchun mukofot;
- banklarning kutilmalari;
- pul-kredit sharoitlari va boshqalar.

Mart oyida jami milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar 20,8 foizni, jismoniy shaxslar bo‘yicha 21,8 foizni hamda tadbirkorlik sub’ektlari bo‘yicha 20,2 foizni tashkil etdi.

Bunda, tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidagiga nisbatan 1,1 foiz bandga pasayishi kuzatildi.

Mazkur holat tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shartnomalarning qariyb 80 foizi Markaziy bank asosiy stavkasi o‘zgargunga qadar imzolanganligi bilan izohlanadi.

Joriy yilning mart oyida banklar tomonidan milliy valyutada jami 11,1 trln so‘m, shundan tadbirkorlik sub’ektlariga 4,2 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Markaziy bank asosiy stavkasining o‘zgarishi ta’siri iqtisodiyotdagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ma’lum muddat kechikish bilan ta’sir etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kredit bo‘yicha foiz stavkalari nega pasaygani ma’lum bo‘ldi