13:42 / 28.04.2022
1 394

Sirdaryo viloyati perinatal markazi xodimasi pora olayotganida qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati perinatal markazi xodimasi pora olayotganida qo‘lga tushdi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati perinatal markazi xodimasi fuqaroni ishga joylashtirish evaziga 550 dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8 aprel kuni viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan ismi-sharifi shartli o‘zgartirilgan fuqarolar To‘xtayeva va Rahmonova viloyat Perinatal markazga ishga joylashish niyati borligini bildirganida, o‘zini ushbu markazda bosh hamshira lavozimida ishlovchi fuqaro Azizova deb tanishtirgan xodima muassasada yuqori lavozimda ishlovchi rahbariga 550 dollar bergan taqdirdagina fuqaro To‘xtayevani 5 oy muddat ichida ishga qabul qilinishida amaliy yordam berishini aytib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida viloyat Perinatal markazda katta hamshira lavozimida ishlovchi fuqaro Azizova fuqaro To‘xtayevani markazga farroshlik lavozimiga ishga qabul qilinishi uchun rahbariga berishi kerak bo‘lgan kimyoviy ishlov berilgan 550 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida fuqaro Azizova talab qilingan pullarni perinatal markazida xasta chaqaloqlar bo‘limi bekasi lavozimida ishlovchi Saidaga berishi kerakligi aniqlangan.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro Azizova 550 dollarni fuqaro Saidaning xizmat xonasida bergan vaqtida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan har ikkisi ham qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryo viloyati perinatal markazi xodimasi pora olayotganida qo‘lga tushdi