07:29 / 29.04.2022
1 101

Andijondagi korxona yuristi kriptomayning orqali davlat manfaatiga katta zarar keltirdi

Andijondagi korxona yuristi kriptomayning orqali davlat manfaatiga katta zarar keltirdi
Andijon viloyat «Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ yuristi kriptomayningdan foydalanib, davlat manfaatiga (dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3 milliard so‘m) so‘m zarar keltirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 13 yanvar kuni «Andijon HETK» aksiyadorlik jamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida mazkur jamiyatning yuridik bo‘limi yetakchi yuriskonsulti Sh.Yu. o‘ziga tegishli xonadon yer to‘lasida kriptomayning qurilmalarini o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. U mazkur qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan tegishli hujjatlarsiz elektr tarmog‘iga ulab, undan foydalangan va davlat manfaatiga katta zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi korxona yuristi kriptomayning orqali davlat manfaatiga katta zarar keltirdi