
“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestriga kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
2022 yil 1 avgustdan quyidagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:
- sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
- Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro‘yxatidan o‘tkazishda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.
2022 yil 1 iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.
2022 yil 1 sentabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk ob’ektlarini Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil 1 yanvargacha intellektual mulk ob’ektlarining auksion savdosini o‘tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.
2022 yil 1 oktabrgacha internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reyestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Qaror bilan 2022–2026 yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi ham tasdiqlandi.
Intellektual MulkO‘zbekiston RespublikasiPrezident QaroriDavlat BojxonaFarmatsevtika Tarmog‘iSanoat MulkHuquqlarni Himoya qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar