Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari amalga oshirgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 23,5 kilogramm givohvandlik vositalari musodara qilindi.
Xususan, tojikistonlik narkokurer tomonidan Sariosiyo tumaniga o‘tkazilib, xufiyona joyga yashirib ketilgan qariyb 8 kilogramm gashish moddasini olib, kelgusida Farg‘ona vodiysidagi jinoiy sheriklariga sotishni rejalashtirgan Qo‘qon shahrida yashovchi 42 yoshli shaxs qo‘lga olingan.
Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa muqaddam giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan 44 yoshli mahalliy fuqaro Tojikistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 5,083 kilogramm opiy va 896 gramm gashish moddalarini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, 30 yoshli Afg‘oniston fuqarosi chamadonga xufiyona joylashtirilgan 3,884 kilogramm opiy moddasini kelgusida sotish maqsadida bojxona ko‘rigidan yashirincha o‘tkazib, Termiz shahriga olib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.
Termiz tumanida qayd etilgan holatda bo‘lsa Denov tumanida yashovchi ikki fuqaro (1987 va 1998 yillarda tug‘ilgan) xaridorga 997 gramm opiy moddasini 2 ming dollar hamda 40 million so‘mga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu giyohvandlik vositasining egasi, Denov tumanida yashovchi 23 yoshli shaxs ham ushlangan.
Bundan tashqari, afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan berib yuborilgan 730 gramm opiy va sal kam 4 kilogramm gashish moddalarini Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, muqaddam sodir etgan narkojinoyati uchun sudlangan 57 yoshli shaxs ham qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 10,694 kilogramm opiy va 12,818 kilogramm gashish giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas