Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan poyezd vagonida narkotik topildi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
Toshkent viloyati Bekobod tumani “Bekobod-temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktiga “Xo‘jand-Aris” yo‘nalishida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi hamda uning tarkibida bo‘lgan vagonlar belgilangan tartibda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirilgan.
Jarayonda, qurilish mollarini tashishga mo‘ljallangan vagonlarning birining juft g‘ildiraklarini ulab turuvchi tayanch asosining g‘ovagida qora rangli polietilen paket borligi aniqlangan.
Paket xolislar va mutaxassislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichidagi ikki o‘ramda 1 kilogramm 949 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas