Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida masjidga kelgan fuqarolarni o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, 18 aprel kuni soat 21:00 larda muqaddam sudlangan P.Sh. (47 yoshli) o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida Yakkasaroy tumanidagi «Usmon Bin Ma’zun» masjidiga kirgan. Tahoratxonada S.M. (31 yoshli), R.Z. (20 yoshli) va U.O‘.ga (22 yoshli) tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda egallagan. Masjiddan chiqib ketayotgan vaqtida ushbu hududda o‘zining xizmatini olib borayotgan Yakkasaroy tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksi 25,169-modda 1-qismi (o‘g‘rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, P.Sh. 15 mart kuni ham o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida yuqoridagi ko‘rsatilgan masjidining tahoratxonasida S.Sh.ga (26 yoshli) tegishli narxi 4 million so‘mlik Samsung A51 telefon apparatini yashirin ravishda egallagan. So‘ngra mazkur telefon apparatini Yakkasaroy tumanida joylashgan «Askiya» dehqon bozoriga borib 500 ming so‘m pulga o‘ziga noma’lum bo‘lgan shaxsga sotib yuborgan.
Holat yuzasidan P.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘g‘rilik) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzdagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi