5 may kuni O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa ro‘y berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi Chegara xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jalolobod viloyatining Ola-Buqa tumani «Aktam» qishloq fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari chegarachilari uch nafar Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan qurol ishlatgan.
Oqibatida 48 yoshli A.K., 24 yoshli A.J. va 22 yoshli A.K. yarador holatda Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Ular ko‘rsatilgan yordamga qaramay, hushiga kelmay, olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Qirg‘izistonning Ola-Buqa yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakili zudlik bilan O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakili bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Tomonlar xizmat tekshiruvlari yakuni bo‘yicha 6 may kuni uchrashishga kelishib olgan. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari boshlangan.
O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari hozircha mazkur voqea yuzasidan hech qanday izoh bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, aprel boshlarida Qirg‘iziston—O‘zbekiston davlat chegarasi uchastkasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa ro‘y bergandi. O‘shanda Jalolobod viloyati Axsi tumani Deyres qishlog‘ida qirg‘izistonlik bir necha fuqaro O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda yuk olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ular O‘zbekiston hududidagi davlat chegara chizig‘idan 500 metr uzoqlikda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan. Kontrabandachilar o‘zbek chegarachilarining to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysunmagan.
Qo‘shni davlat fuqarolarini hibsga olish vaqtida janjal kelib chiqqan. O‘zbekiston chegarachilari o‘z hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish maqsadida qurol ishlatgan, oqibatda ikki fuqaro hayot uchun xavfli tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi