date
views 1 378

Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Toshkent shahar, Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi yirik miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar bilan qo‘lga tushdi