date
views 998

Xorazmda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi

Xorazmda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urganch shahridagi “P.B.A.» xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va norasmiy ishchisi X.X.lar 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirib, har birini 3-3,5 mln so‘mdan jami 106,2 mln so‘m va 200 AQSH dollariga sotib, pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi