O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida prezident «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, ushbu majmua Ikkinchi Jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. U o‘zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Shu ma’noda «Matonat madhiyasi» urushda o‘z bolasidan, o‘z yoridan judo bo‘lgan barcha onalar, barcha ayollar sharafiga o‘rnatilgan muazzam obidadir.
Bog‘da Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham jam bo‘lgan. Prezident ular bilan suhbatda xalqimizga tabriklarini yo‘llagan.
«Bugun ushbu G‘alaba bog‘ida turib, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bunday damlarda qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodga olib, ularning jasorati oldida ta’zim qilamiz. Ularning tinchlik va ozodlikka bag‘ishlagan serqirra hayot yo‘li kelgusi avlodlar uchun o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan buyuk merosdir», – deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bu maskan urush oqibatlarini, tinchlik qadrini yodga solishini ta’kidlagan.
«Bugun dunyo tahlikali bo‘lib borayapti. Har daqiqa sinovli bo‘layapti. Bu bizga ham ta’sir qiladimi? Albatta, ta’sir qiladi. Lekin xalqimiz hayotiga shu ta’sirni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz. Mehnatimiz bilan, birdamligimiz bilan, Xudo xohlasa, bu sinovlardan ham o‘tamiz», – deydi prezident.
Vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ygan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi