
Oliygohga hujjat topshirish uchun nomzodlarda ID-karta bo‘lishi talab etiladi. Qabul boshlanganida navbatlar ko‘payib ketishi mumkinligini inobatga olib, maktab bitiruvchilariga tezroq ID-karta olish tavsiya etiladi.
Qariyb ikki haftadan so‘ng maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinib, imtihonlardan keyin bitiruvchilar attestat oladi. Aynan attestat va pasport (ID-karta) oliygohga kirish uchun hujjat topshirishda talab etiladigan asosiy hujjatlardir.
Biroq OTMlarga qabul boshlanishiga oz vaqt qolayotganiga qaramay, 11-sinf bitiruvchilari orasidan minglab yoshlar allaqachon 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hali ID-karta olmagan.
Ta’lim tizimi mas’ullarining bildirishicha, qabulga yaqin qolganda ID-karta olishga urinish uzun navbatlarni yuzaga keltirishi mumkin, shu bois ota-onalarga so‘nggi kunlarga qoldirmay, tezroq farzandlarining ID-karta olishini ta’minlashlari tavsiya etiladi.
Bir necha hafta oldin Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining 122 ming nafari (31 foiz) hali ID-karta olmaganini ma’lum qilgandi.
ID-karta olish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etish lozim. 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 10 yil muddatga beriladigan karta (pasport) 1 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi. Xizmat uchun BHMning 89 foizi (240 300 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.
ID-kartaMaktab bitiruvchilariHujjat topshirishQabul jarayoniTa’lim tizimiO‘zbekiston fuqarolari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar