20:08 / 09.05.2022
972

Andijonda 1 kilo gashishni 9 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

Andijonda 1 kilo gashishni 9 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 6 may kuni «Qoradori-2022» tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston bilan chegara hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A., Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S. hamda J.M.dan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolari xolis xaridorga 1 kilogramm gashish giyohvand moddasini 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 1 kilo gashishni 9 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi